«Statistika» fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda statistika nazariyasi, metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o`quv malakasini shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari: statistika predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli haqida chuqur bilimga va tasavvurga ega bo`lish, statistika amaliyotida qo`llaniladigan usullar to`g`risida tasavvurga ega bo`lish hamda ular asosida xulosalar chiqarish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilishdan iborat. Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`ydagi talablar qo`yiladi. Talaba: statistika predmeti va metodi uning ahamiyati va roli, statistik ko`rsatkichlar, ularning turlari va shakllari, taqqoslash yo`llari haqida tasavvurga ega bo`lish; statistik ko`rsatkichlarning tabiati, tuzilishi va hisoblash tartibini; statistik kuzatish hujjatlarini tuzish va to`ldirish yo`llarini bilishi. statistik masalalarni echish, statistik jadval va grafiklarni tuzish, MHTning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning ko`rsatkichlarini aniqlash bo`yicha ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.