Respublikamizda bozor iqtisodiga o'tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor Yo'nalishlarning be1gi1anishi, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda, bir qancha sohalar, jumladan, audit tizimini ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Mazkur fan «Audit» fanini o'qitish jarayonida mustaqil faoliyatingizga yordam beradi.. Fanning o'quv dasturida ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning mazmunlari va rejasi hamda foydalaniladigan adabiyotlarning ro'yxati keltirilgan. Bu bo'limda nazariy va amaliy mashg'ulotlar, mustaqil ishlarni bajarish bo'yicha o'zlashtirishni nazorat qilish hamda baholashning ko'rsatkich va mezonlari berilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo'yicha reja topshiriqlar va o'quv-uslubiy hujjatlar keltirilgan. Talabalarda mustaqil fikrlash, o'z fikrlarini asosli ravishda himoya qilish, bahslashish ko'nikrnalarini hosil qilish uchun bahs-munozara darslariga alohida e'tibor qaratilgan.