Respublikamizda bozor iqtisodiga o'tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor Yo'nalishlarning be1gi1anishi, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy  hayotni, jumladan,  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  mulkdorlar sinfini  tashkil  qilishdan kelib  chiqqan holda, bir qancha sohalar, jumladan, audit tizimini ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Mazkur fan «Audit» fanini o'qitish jarayonida mustaqil faoliyatingizga yordam beradi.. Fanning o'quv dasturida ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning mazmunlari va  rejasi  hamda foydalaniladigan adabiyotlarning ro'yxati keltirilgan. Bu bo'limda nazariy va  amaliy  mashg'ulotlar, mustaqil ishlarni  bajarish bo'yicha  o'zlashtirishni  nazorat  qilish  hamda baholashning ko'rsatkich va mezonlari berilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo'yicha reja topshiriqlar  va  o'quv-uslubiy  hujjatlar  keltirilgan.  Talabalarda mustaqil fikrlash, o'z fikrlarini asosli ravishda himoya qilish, bahslashish  ko'nikrnalarini  hosil  qilish  uchun bahs-munozara darslariga alohida e'tibor qaratilgan.