«Dasturlash texnologiyalari» fanining maqsadi – talabalarga dasturlash texnologiyalarini etarli darajada o`qitish, shu bilimlarga tayangan holda komp`yuter yordamida modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning dastur ta`minotini amalga oshirishga o`rgatish va ixtisoslik fanlarini o`zlashtirishda tayanch bilimlarga ega bo`lish.
Fanni o`qitishning vazifasi – talabalarga masala echishning algoritmik asoslarini, kompyuter ishlashining tamoyilini, dasturlash tillarini sinflashni, komp`yuterda berilganlar va buyruqlarni tasvirlashni, Visual C# tili va Windows Forms, WPF, LINQ, ADO.NET va MVC texnologiyalarini qo`llash orqali dasturlashni, ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash texnologiyalarini, vizual dasturlash muhitida ishlashni o`rgatishdan iborat.